TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov amerikalik jangchi Jastin Getji bilan bo‘lajak jangga qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani aks etgan suratni Instagram'dagi sahifasiga joylashtirdi.
Yangi surat ayni vaqtda 318 mingdan ortiq layk to‘pladi.
Nurmagomedov va Getji jang 24-oktabr kuni Abu-Dabida UFC-254 doirasida o‘tkaziladi. G‘olibga UFCning yengil vaznda chempionlik kamari taqdim etiladi.
"Tayyorgarlik avjiga chiqmoqda", - deb izoh yozgan suratga Nurmagomedov.
Nurmagomedov aralash yakkakurash yo‘nalishidagi karyerasida 28 jang o‘tkazgan, ularning barchasida g‘alaba qozongan.
Getji esa 22 ta jangda g‘alaba qozonib, 2 ta jangda mag‘lubiyat alamini tortgan.