Bugun Samarqandda yana 3ta charter kutib olindi

Bugun Sankt-Peterburgdan Samarqandga 3ta charter parvozlari bilan 900 nafar O‘zbekiston fuqarolari olib kelindi.
Sputnik

TOShKENT, 24 sen - Sputnik. Bugun 24-sentabr kuni Samarqand aeroportida 3ta charter parvoz kutib olindi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Airports.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan uchib kelgan ushbu parvozlar orqali 900 nafar O‘zbekiston fuqarolari vataniga qaytarildi. Parvozlar iFLy va Azur aviakompaniyalari havo kemalarida amalga oshirildi. Samolyotlar mahalliy vaqt bilan soat 07:42, 08:42 va 11:04 da kutib olindi.

O‘zbekistonlik migrantlarni Rossiyadan qaytarish maqsadida 15ta avtobus yo‘lga chiqdi

Parvozga faqat 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda, PZR analizi orqali tekshirilib, koronavirus yo‘q degan ma’lumotnomasi bo‘lgan fuqarolarga ruxsat berildi. Shuningdek, uchib kelgan fuqarolar belgilangan tartibda 14 kun davomida uy yoki mehmonxonalarda o‘zini-o‘zi yakkalash majburiyatini olgan.

Eslatib o‘tamiz, kechagina Samara viloyatida Rossiya-Qozog‘iston chengarasi yaqinida to‘planib qolgan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun Samarqanddan 15 ta avtobus yo‘lga chiqqani haqida xabar bergan edik. Undan tashqari Rossiyaning turli shaharlaridan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun charter parvozlari hamda poyezdlar qatnovi tashkil qilingan.