TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Gollivud aktrisasi va xonanda Jennifer Lopes ta’tilga chiqqan vaqtda tasvirga olingan suratni Instagram’dagi sahifasiga joylashtirdi va o‘zining sarvqomati bilan muxlislarini hayratda qoldirdi.
51 yoshli Lopes bikinida suratga tushdi.
"Dam olish muhitida" – degan izoh yozgan xonanda suratga.
Bir necha kun ichida bu post 4,2 million layk to‘pladi.
Jey Lo muxlislari ko‘plab izohlarni yozishdi.
“Qanday qaddiqomat! Ertadan mashq qilishni boshlayman”, - deb yozgan foydalanuvchilardan biri.
"Qanday qilib uning yoshi 51 da bo‘lishi mumkin?" - deb yozgan boshqa foydalanuvchi.
Ko‘plab obunachilar aktrisa yoshidan ancha yoshroq ko‘rinishini ta’kidladilar.