Ruhiy va jismoniy zo‘ravonliklarga uchrab, reabilitatsiya markaziga keltirilgan ayollar qismati

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida joriy yilning sakkiz oyi davomida ayollarga 966ta himoya orderi berilgan. Ayollar ko‘pdan-ko‘p holatlarda oiladagi zo‘ravonlik: kaltaklanish, tahqirlanish holatlariga chek qo‘ya olmaydilar va zo‘ravon bilan hayot kechirishda davom etadilar.
Sputnik

O‘zbekistonda realibitatsiya va moslashtirish markazlari tashkil etilgach, zo‘ravonlik qurbonlariga aylangan ayollar uchun tunu-kun ishlaydigan 1146 qisqa raqami ishga tushirilgach, o‘zbek ayollariga xos jur’atsizlik sekin-asta chekina boshladi. Ayollar orasida tahqirlanishga rozi bo‘lmaydiganlari o‘zida kuch topib, ayollar shelterlariga yordam so‘rab murojaat qila boshladilar.

Himoya orderi nima va uni qanday olsa bo‘ladi - mayor Xo‘janazarova bilan suhbat

Hayotda ruhiy va jismoniy zo‘ravonliklarga uchrab, Toshkentdagi reabilitatsiya va moslashtirish markaziga kelgan ayollar Sputnik O‘zbekiston muxbiriga o‘z boshidan kechirgan voqealarni so‘zlab bershdi.

Dildora, 28 yoshda: uch oy intim hayotdan so‘ng, med-ekspertiza qizning bokiraligi haqida xulosa berdi

Mana ikki oydirki, u poytaxtdagi realibitatsiya va markazlashtirish markazida yashab kelmoqda. Hayotida yuz bergan ayrim noxush holatlar sabab u o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishlog‘iga qaytib borishni istamaydi. 

Yosh bo‘lishiga qaramasdan Dildora o‘z qishlog‘ida tikuvchilik sexi ochib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullana boshladi. Shunday kunlarning birida u sexga mijoz sifatida kirib kelgan harbiy yigit bilan tanishib qoldi. Bora- bora ularning munosabatlari muhabbatga, keyinchalik muhabbat chegarasi buzilib, munosabatlar pinhoniy intim aloqalargacha borib yetadi. Onasi Dildoraning ishqiy munosabatlaridan xabar topgach, qiziga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish o‘rniga, yigitni mahkam ushlashi kerakligini aytdi va bir necha marotaba o‘z uyida uchrashishlari uchun ikkisiga sharoit yaratib berdi. Onaning  maqsadi yigitni qanday qilib bo‘lsada ichkuyov qilib olish edi.  Ammo yigit oilada yolg‘iz farzandligi bois ushbu taklifga na u va na uning oila a’zolari rozi bo‘lmadi.

"Pul bermasang - sharmanda bo‘lasan": g‘ijduvonlik qiz intim-shantaj qurboniga aylandi

Shundan so‘ng yigit qiz bilan munosabatlariga nuqta qo‘ymoqchi bo‘lib, boshqa qizga unashtirilganligi haqida aytdi. Bunga  chidolmay qiz o‘z joniga qasd qildi, ammo taqdir izmi bilan u tirik qoladi. Onasi qizninig zo‘rlanganligini iddao qilib, tuman va viloyat prokuraturalariga murojaat qildi. Yigit va qiz o‘rtasida yuz bergan holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi, ammo ekspertiza qizning qizlik pardasi elastik holatda bo‘lganligi bois uning bokiraligi saqlab qolingani haqida xulosa beradi. Bunday javobni kutmagan qizning onasi “qizimga uylanasan” deya yigitning mahallasiga janjal ko‘tarib bordi. Bo‘lib o‘tgan gap so‘zlar oqibatida yigit ham, qiz ham ko‘cha-ko‘yda bosh ko‘tarolmay qoldi. Tabiiyki, yigitning oila a’zolari ham Dildorani kelin qilishni istashmadi. Yigit esa Dildoradan butunlay voz kechdi.

"Oyog‘imni o‘pasan": Toshkent shahrida kelinlarga quldek munosabat ommalashgan >>>

Ayni paytda qizning alamzada onasi qanday qilib bo‘lsada yigitni ishsiz qoldirish niyatida. Qiz esa huquqiy va ruhiy yordam berishlarini so‘rab, poytaxtdagi realibitatsiya markaziga murojaat qilib keldi. Ayni paytda psixologlar yordamida Dildora o‘z ruhiy holatini tiklashga harakat qilmoqda. Biroq, uning huquqiy muammosi ochiqligicha qolyapti...

Malika, 26 yoshda: eri begona ayol bilan yalang‘och gaplashib o‘tirganini ko‘rib, ajrashishga qaror qildi

Singlisi turmushga chiqqach, ularning oilasida moliyaviy yetishmovchiliklar yuzaga kela boshladi. Onasi avtohalokatga uchraganligi bois u havo almashtirishi kerak edi. Shu bois xolasi uni onasi bilan birga Turkiyaga chaqirdi. Ona-bola havo almashtirish va moddiy ahvolini yaxshilashni maqsad qilib, Turkiyaga uchib ketishdi. Restoranda oshpaz sifatida o‘z ishini boshlagan Malika u yerda asli qo‘qonlik bo‘lgan Abror ismli yigit bilan tanishdi va yoshlar ahdu-paymon qilib, oila qurishga qaror qilishdi. Hujjatlarining amal qilish muddati tugagach, yigit O‘zbekistonga qaytdi. Bir ozdan so‘ng Malika ham Abrorning ortidan O‘zbekistonga qaytdi va o‘zaro kelishib, kichikroq bo‘lsada to‘y qilib, birga yashay boshlashdi. Malika homilador bo‘lgach, Abror to‘satdan o‘zgarib qoldi. Bir oz vaqtdan so‘ng Malika uning avval boshqa ayol bilan yashaganligi, hatto hozirgacha ularning ishqiy munosabatlari saqlanib qolganligidan xabar topdi. Malika janjal ko‘tarmadi, avvaliga o‘zida kuch topib Abrorning harakatlarini kuzata boshladi. Shunday kunlarning birida u erining telefon video-chaqiruvi orqali o‘sha ayol bilan yalang‘och holda suhbatlashib o‘tirganligiga guvoh bo‘ldi. Rashk o‘tida yongan Malika eri bilan qattiq janjallashdi.

Gruppaviy seksga majburlab, yoqvormoqchi bo‘ldi: jizzaxlik ayol sadist bilan turmushi haqida

Eri uni tomog‘idan bo‘g‘ib, "o‘ldirib yuborishi, hech kimi yo‘qligi bois o‘ligini hech kim topa olmasligi" bilan qo‘rqitib, Malikaga tazyiq o‘tkazdi. So‘ng xotinini o‘z pushti kamaridan bo‘lgan bolani oldirishga majburlay boshladi. Malika rozi bo‘lmadi, oradan vaqt o‘tib, u o‘g‘il farzand ko‘rdi. Ammo Abror farzanddan ham Malikadan ham voz kechdi. Moliyaviy qiyinchiliklar va ruhiy tushkunlikka tushib qolgan Malika farzandini bolalar uyiga topshirmoqchi ham bo‘ldi. Ammo uchastka noziri ayolning qiyin vaziyatdaligini ko‘rib, uni huquq himoyasiga oldi, ayolga ruhiy dalda berdi. So‘ng uni bolasi bilan Toshkentdagi realibitatsiya va moslashtirish markaziga keltirib joylashtirdi. Bu yerda bir oz muddat yashab, ruhiy tomonlama o‘zini tiklab olgach Malika o‘z oldiga yangi maqsadlar qo‘ydi.

Endi u hayot sinovlariga taslim bo‘lmay, aksincha yangi orzu va maqsadlar sari intilishga tayyor ekanligini aytadi...

Risolat opa, 56 yoshda: mol-mulk uchun urib, burnini sindirishdi

Asli toshkentlik bo‘lgan Risolat opa 56 yoshda, u poytaxtdagi nomdor kasalxonalarning birida farrosh bo‘lib ishlaydi. Kech turmush qurganligi uchunmi yoki boshqa sabab, Risolat opa farzandli bo‘lolmadi va turmushidan ajralishga majbur bo‘ldi.

Seks-o‘yinchoqlar, kolbasa, o‘rgimchak: yo‘lovchilar bagajida topilgan eng g‘alati narsalar

Kamiga ota hovlisiga qaytgach u yerga ham sig‘madi, ilk kundayoq akasi va yangasi uni qovoq solib kutib olishdi. Keyinchalik, arzimagan bahona-yu sabablar bilan janjal chiqarib, Risolat opaga tinchlik bermaydigan odat chiqarishdi.

O‘zini himoya qilishga uringanida esa Risolat opa butun boshli oilaning kaltagi ostida qolib ketdi. Uchastka noziri, mahalla oqsoqollari ham bu oilaning mash-mashasidan bezib, Risolat opaning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay qo‘yishdi. Risolat opa uchun bu ota hovli do‘zaxning o‘zginasiga aylandi. Oxirgi marotaba bo‘lgan katta janjalda o‘z jiyani tomonidan kaltaklanib, burni singach, ayol ruhiy va jismoniy zo‘rliklardan panoh istab reabilitatsiya va moslashtirish markaziga qochib keldi. Ayni damda ushbu maskanda ayolga ruhiy yordam ko‘rsatilib, uning huquqiy muammolariga yechim izlanmoqda.