Mirziyoyev pandemiyada davlatlar majburiyatlari to‘g‘risida kodeksni ishlab chiqishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etdi.
Sputnik

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etdi.

Prezident ushbu tashabbusni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi chiqishida ilgari surdi.

“Maqsadimiz – har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini,  salomatligi va farovonligini ta’minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir. Bu borada biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etamiz. Ushbu hujjatda har bir davlatning o‘z fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etishi lozim”, - dedi Mirziyoyev.