O‘zbekistonda elektromobil importi keskin o‘sdi

8 oyida O‘zbekistonga xorijdan 73 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 53 taga ko‘p.
Sputnik

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekistonda elektromobil importi keskin o‘sdi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

2020 yilning 8 oyida O‘zbekistonga xorijdan 73 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 53 taga ko‘p.

Bu yil Xitoydan – 50 ta, Koreya Respublikasidan – 12 ta hamda Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi va Gruziya kabi davlatlardan 11 ta elektromobil import qilingan.

Joriy yilda import qilingan elektromobillar uchun 1,7 million dollar sarflangan.