O‘zbekiston va Tojikiston parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashni muhokama qildi

Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston parlamentlararo hamkorlik guruhlarining ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Ulug‘bek Inoyatov boshchiligidagi parlament delegatsiyasining Tojikistonga tashrifi doirasida kuni ikki mamlakat parlamentlararo hamkorlik guruhlarining ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Tojikiston yangi avtotransport yo‘nalishlarini ochishni muhokama qildi

Senat matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda har ikki mamlakat ham o‘z taraqqiyotining yangi bosqichida ekanligi, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar mavjudligi qayd etildi.  

Yig‘ilishda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoni xavfsiz, barqaror yaxshi qo‘shnichilik mintaqasiga aylantirish masalalari ham muhokama qilindi.

O‘zbekiston parlamenti a’zolarining Tojikistonga tashrifi davom etmoqda.