Rossiyada Su-30 qiruvchisi o‘rmonzorga qulab tushdi

Rossiyaning Tver viloyatida Su-30 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Halokat sabablarini aniqlash uchun voqea joyiga komissiya yuborildi.
Sputnik

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Tver viloyatida Su-30 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda RIA Novostiga Harbiy harbiy okrugi matbuot xizmati xabar qildi.

Katapulta yordamida ekipaj a’zolari samolyotni tark etishga muvaffaq bo‘ldi,  ular yerga qo‘ngandan so‘ng aloqaga chiqishdi. Ayni vaqtda ular aerodromga evakuatsiya qilindi.

"Samolyot o‘rmonli joyga qulab tushdi. Yerda vayronagarchilik bo‘lmadi. Hodisa sabablari va holatlarini aniqlash uchun voqea joyiga komissiya yuborildi", - deya qo‘shimcha qiladi xabarda.

Qiruvchi o‘quv parvozini amalga oshirayotgan edi.

Su-30 - har xil ob-havo sharoitida, kunning istalgan vaqtida nishonlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan 4-chi avlod, ikki o‘rindiqli ko‘p maqsadli qiruvchi samolyot. U 1992-yildan beri Rossiya, Xitoy, Hindiston, Jazoir, Armaniston, Angola, Belorussiya, Venesuela va boshqa mamlakatlarda ekspluatatsiya qilinadi.