Kutilmagan va og‘ir judolik: madaniyat vaziri Shuhrat Qayumov vafoti haqida

Ozodbek Nazarbekov xonandaning hali qiladigan ishlari, yaratadigan ijodlari, yoshlarga o‘rnak bo‘ladigan faoliyati, ochilmagan qirralari ko‘p bo‘lganini ta’kidlagan.
Sputnik

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Vazirning so‘zlariga qaraganda, artistning vafot kutilmagan va og‘ir judolik bo‘lgan.

“Kutilmagan va og‘ir judolik. Biz bugun ajoyib inson, iste’dodli, serqirra ijodkor, aqlli, teran fikrlovchi, mulohazakor do‘stimiz, yaqinimizni yo‘qotdik. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumovning vafoti ham biz uchun kutilmagan va og‘ir judoliklardan biri bo‘ldi”, - deya yozgan Nazarbekov Instagram᾽dagi sahifasida.

U bunday madaniyatli insonlar hamisha oilasiga, kasbiga, vatani va xalqiga, yaqinlariga sadoqat timsoli ekanini ta’kidlagan.

“Ha, Shuhrat Qayumovning hali qiladigan ishlari, yaratadigan ijodlari, yoshlarga o‘rnak bo‘ladigan faoliyati, ochilmagan qirralari ko‘p edi. Lekin, ming afsuski, ayni paytda uning oilasiga, yaqinlariga, hamkasblariga chuqur hamdardlik bildirishdan o‘zga choramiz yo‘q. Ilohim, do‘stimizning oxirati obod, joylari jannatdan bo‘lsin!”, - deya so‘zlariga yakun yasagan madaniyat vaziri.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov 51 yoshida vafot etgani xabar qilingan edi.