Andijonda bir guruh shaxslar janjali pichoqbozlikka aylanib ketdi

Janjalga pul oldi-berdi masalasi sabab bo‘lgan. Ikki fuqaro “raqiblariga” o‘tkir tig‘li jism bilan turli ko‘rinishda tan jarohatlari yetkazishgan.
Sputnik

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Andijonda bezorilik sodir etishda gumonlanuvchi ikki kishi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

IIBB Yunusobodda tungi klub yonida yuz bergan pichoqbozlik tafsilotlarini ochiqladi

Hodisa 17-sentabr kuni Marhamat tumani “Qo‘rg‘oncha” MFYdagi Qo‘rg‘oncha ko‘chasida sodir bo‘lgan. 39 yoshli M.O. va 31 yoshli B.O.lar bir bo‘lib, muqaddam o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan pul oldi-berdi masalasida 54 yoshli M.D., 31 yoshli J.D. va 17 yoshli J.R.lar bilan o‘zaro janjallashishgan.

Hech bir sababsiz qo‘lida bo‘lgan o‘tkir tig‘li jism bilan ularga turli ko‘rinishda tan jarohatlari yetkazishgan.

Hodisa joyidan 2 dona xo‘jalik pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

M.O. va O.B. ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.