O‘zbekistonda ob-havo hafta oxirigacha salqin va quruq bo‘ladi

Ob-havo harorati hamma joyda 2-4 darajaga pasayadi. Kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. 21-sentabrdan salqin va quruq havo oqimining kirishi kutilmoqda, ushbu oqim ish haftasining oxirigacha respublikadagi ob-havoni belgilaydi. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar qilmoqda.

21 sentabrda kunning ikkinchi yarmida bulutlar ko‘paya boshlaydi, kechga borib respublikaning ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Harorat hamma joyda 2-4 darajaga pasayadi. Kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Sentabr oyining oxirigacha butun O‘zbekiston hududi bo‘yicha oyning oxiri uchun xos bo‘lgan havoning saqlanib turishi kutilmoqda. Uraldan salqin havo kirib turishi hisobiga harorat respublika bo‘yicha meyordan 3-4 darajaga past bo‘ladi. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 20-25 darajani tashkil qiladi.