O‘zbekiston COVID-19 ga qarshi Rossiya vaksinasi sinovida ishtirok etishga qiziqish bildirdi

Rossiya va O‘zbekiston kiritilgan cheklovlarni bekor qilish shartlari hamda “Vektor” virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazi” tomonidan yaratilayotgan “EpiVakKorona” Rossiya vaksinasi sinovlarini muhokama qildi.
Sputnik

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekiston “Vektor” markazi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksina sinovlarida ishtirok etishga qiziqish bildirdi. Bu haqda Rospotrebnadzor saytida xabar qilindi.

JSST koronavirusga qarshi vaksina uchun Rossiyaga minnatdorchilik bildirdi

Rospotrebnadzor videokonferensiya tarzida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan uchrashuv o‘tkazgan. Uchrashuvda yangi koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish, jumladan, COVID-19 ning oldini olish uchun vaksina yaratish masalalari muhokama qilingan.

Tomonlar uchrashuv chog‘ida Rossiya va O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyat, kiritilgan cheklovlarni bekor qilish shartlari hamda “Vektor” virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazi” tomonidan yaratilayotgan “EpiVakKorona” Rossiya vaksinasining sinovlarini muhokama qilgan.

“O‘zbekiston tomoni vaksina ro‘yxatga olingan keyin uni qo‘llashga oid qo‘shma tadqiqotlarda ishtirok etishga qiziqish bildirdi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev O‘zbekiston koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini xarid qilish imkoniyatini o‘rganib chiqayotganini ma’lum qilgan edi.