JSST koronavirusga qarshi vaksina uchun Rossiyaga minnatdorchilik bildirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Rossiyaga koronavirusning yangi shtammiga qarshi ishlab chiqilgan vaksina uchun minnatdorchilik bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning yangi shtammiga qarshi ishlab chiqilgan vaksina uchun Rossiyaga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda JSSTning Yevropa mintaqaviy burosi rahbari Xans Kluge ma’lum qildi.

JSST vakili Rossiyada yaratilgan vaksina xavfsizligi va samaradorligiga e’tiborni qaratdi.

“Men Rossiyaga xavfsiz va samarali vaksinani yaratish bo‘yicha ajoyib harakatlar uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman”, - dedi Klyuge.

Rossiya shu yilning yanvar oyida koronavirusga qarshi vaksinani ixtiro qilishga kirishdi. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi avgust oyida dunyodagi birinchi COVID-19  vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Mutaxassislar tadqiqot natijalariga ko‘ra, vaksinani xavfsiz deb tan olishdi va u koronavirusga qarshi immunitetni shakllantirishga imkon berishini ta’kidlashdi.

JSST boshidan Rossiyaning koronavirus vaksinasiga qiziqish bildirgan. Sentabr oyining boshlarida mashhur tibbiyot jurnali The Lancet Rossiya “Sputnik V” vaksinasi klinik sinovlarining ikki bosqich natijalarini e’lon qildi.