Valyuta: dollar yana ko‘tarildi, rubl esa pastladi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 20,28 so‘mga ko‘tarildi.
Sputnik

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 22-sentabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 20,28 so‘mga ko‘tarilib, 10 315,62 so‘m tashkil qildi.

Yevro ham 15,78 so‘mga oshdi va 12 210,60 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli esa 1,37 so‘mga pasayib, 136,28 co‘mni tashkil qildi.