Prezident O‘ktam Barnoyev oilasiga hamdardlik bildirdi

“O‘ktamjon olijanob, zabardast, fidoyi, vatanparvar, o‘rnak olishga arzigulik inson edi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Sputnik

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Oliy Majlis Senati a’zosi O‘ktam Barnoyev 20-sentabr kuni og‘ir xastalik tufayli vafot etgan edi.

Prezident O‘ktam Barnoyev oilasiga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-sentabr kuni ta’ziyali xonadonga tashrif buyurdi. Qur’on tilovat qilindi.

Prezident O‘ktam Barnoyev oilasiga hamdardlik bildirdi

Davlat rahbari bugun marhumning onasi, rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirib, sabr-toqat tiladi.

Prezident O‘ktam Barnoyev oilasiga hamdardlik bildirdi

“O‘ktamjon olijanob, zabardast, fidoyi, vatanparvar, o‘rnak olishga arzigulik inson edi, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Bosh vazir paytlarimda ham birga ishladik. Gapirmasam ham meni tushunardi. Bir insonning tarbiyalanib, shunday kadr bo‘lib yetishishi oson emas. Ayniqsa, oxirgi paytlar og‘ir sohani berib, ko‘nglim tinchib, ko‘p ishlarni boshlagan edik. Bu ofat butun dunyoga keldi. Qo‘limizdan kelgan hamma narsani qildik. Lekin o‘lim haq. Allohning irodasi ekan. Bu hammamizga musibat. Joyi jannatda bo‘lsin!”

Prezident marhumning oilasi, farzandlari doimiy e’tiborda bo‘lishini ta’kidladi.