Xitoylik baliqlarga futbol o‘ynashni o‘rgatdi – g‘aroyib o‘yin kadrlari

Szeyan shahrida istiqomat qiluvchi Yan Tansin karantin sharoitida vaqt o‘tkazishning ajoyib usulini topdi. U o‘zining oltin baliqchalariga futbol o‘ynashni o‘rgatdi.
Sputnik

U akvariumni futbol maydonchasi ko‘rinishida jihozladi va “oltin jamoaga” o‘yin qoidalarini tushuntirdi.

“Avvaliga men ular o‘ynashlarini kutmagan edim. Ular bilan ishlab, ularga bu qiziq ekanini angladim. Ular “to‘p surishni” istashadi”, - deya fikrlari bilan o‘rtoqlashadi Yan Tansin.

Yaxshi o‘yin uchun “oltin futbolchilar” rag‘batlantiriladi: har bir goldan so‘ng ular oziqlantiriladi va bu ularni g‘alaba qozonish va ko‘proq gol urishga undaydi.

“Oltin” jamoa murabbiyi o‘zining muvafaqqiyatlari bilan TikTok᾽da o‘rtoqlashadi. Baliqchalar allaqachon ko‘plab muxlislariga ega.

Kelajakda Tansin “baliqlar jamoasi” o‘rtasida bahs uyushtirishni rejalashtirmoqda.