Bukri kit timsohlarga to‘la daroga tasodifan suzib keldi

Avstraliyada bukri kit timsohlarga to‘la daroga tasodifan suzib keldi. Ikki haftadan so‘ng u ochiq dengizga qaytishga muvaffaq bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Avstraliyaning Kakadu milliy bog‘ida bukri kit timsohlar to‘la daroga tasodifan suzib keldi. Ikki haftadan so‘ng kit ochiq dengizga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. ABC telekanali xabariga asosan.

Uchta o‘rdak o‘ta xavfli yo‘lbars ilonni ko‘ldan quvib yubordi – foto

Oldinroq daryo bo‘yida baliq ovlashga ketgan dengiz ekologlari 2-sentabr kuni uchta bukri kitni ko‘rishgandi. Keyinchalik ulardan ikkitasi dengizga qaytishga muvaffaq bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, tarixda ilk bor Kakadu milliy bog‘ning darosida 20 kilometr narida kitni ko‘rishgandi.

Juma kuni kit sayozlikka suzib kelganda, olimlar tashvishga tushdilar.

"Kit loyga botgan edi, ammo ko‘rinishi yaxshi edi", - deydi Kerol Palmer, Avstraliya Shimoliy Hududi hukumati olimi.

Olimlar kitni qutqarishning ko‘plab variantlarini, shu jumladan uni qo‘rqitish va orqaga suzish uchun baland tovushlardan foydalanish usullarini ko‘rishgandi. Yaxshiyamki, kit yakshanba kuni dengizga qaytishga muvaffaq bo‘ldi.