TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Toshkent shahrida harakatlanuvchi 8 ta avtobus yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“2020 yilning 1-oktabr sanasidan quyidagi avtobus yo‘nalishlari maqbullashtiriladi: 9, 52, 53, 65, 71, 109, 149, 188”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, bu Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan avtobus va yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarining o‘zaro harakat yo‘nalishini takrorlashini kamaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.