Muddatidan oldin harbiy unvon va prezident soati: ArMI – 2020 g‘oliblari taqdirlandi

Xususan, Xalqaro armiya o‘yinlarining g‘oliblariga O‘zbekiston prezidenti nomidan qo‘l soatlari topshirildi.
Sputnik

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Kecha, 19-sentabr kuni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida “ArMI – 2020” Xalqaro armiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Unda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, harbiy okruglar qo‘mondonlari, davlat va jamoat tashkiloti vakillari hamda O‘zbekiston nufuzini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilgan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Qurbonov “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining ArMI – 2020 Xalqaro armiya o‘yinlaridagi ishtiroki yakunlari va g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alarni topshirish to‘g‘risida”gi prezident qarorini o‘qib eshittirib, erishilgan yutuqlar bilan barchani muborakbod etdi.

Muddatidan oldin harbiy unvon va prezident soati: ArMI – 2020 g‘oliblari taqdirlandi

Tadbirda mudofaa vaziri bir guruh harbiy xizmatchilarni muddatdan oldin harbiy unvon va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi. Xususan, Xalqaro armiya o‘yinlarining g‘oliblariga O‘zbekiston prezidenti nomidan qo‘l soatlari topshirildi.

Muddatidan oldin harbiy unvon va prezident soati: ArMI – 2020 g‘oliblari taqdirlandi

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23-avgustidan 5-sentabrigacha davom etgan “ArMI – 2020”da 30 dan ortiq davlatning 156 jamoasi qatorida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 16 yo‘nalish musobaqalarida faol ishtirok etdi. Ular 32 mamlakat harbiylari o‘rtasida jami 16 yo‘nalishda – 3 ta birinchi, 8 ta ikkinchi, 3 ta uchinchi o‘rinni egallab, umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, ular qator yo‘nalishlarda rekord natijalarni qayd etdi.