"Amirsoy" tog‘-chang‘i kurorti yanada kengaytiriladi - Hukumat qarori

Tog‘-chang‘i kurorti majmuasini kengaytirishni nazarda tutuvchi loyihaning umumiy qiymati 75 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 19 sen - Sputnik. "Amirsoy" tog‘-chang‘i kurortining 2-bosqichini amalga oshirishga doir Hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar qilmoqda Turizm davlat qo‘mitasi matbuot-xizmati.

O‘zbekiston Kursheveli - Amirsoy ochilishidan yorqin suratlar

"Amirsoy" tog‘-chang‘i kurorti majmuasini kengaytirishni nazarda tutuvchi loyihaning umumiy qiymati 75 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda.

Loyiha doirasida: 4 restoran; to‘rt va besh yulduzli mehmonxonalar, ofislar va savdo maydonaridan iborat 500 o‘ringa mo‘ljallangan ko‘p qavatli avtoturargoh; osma yo‘llar, tog‘-chang‘i ko‘targichlar, shuningdek, 16.8 km uzunlikdagi tog‘-chang‘i trassalari; basseynlar barpo etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, loyiha tashabbuskoriga qurilish-montaj ishlari va kelgusida loyihani ekspluatatsiya qilish jarayonida noyob tabiiy obyektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash, shuningdek, faoliyatning atrof muhitga salbiy ta’sirining oldini olish va tabiatni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha mas’uliyat yuklatildi.