Yaponiya va Koreya bilan daromad soliqlariga oid shartnoma tasdiqlandi

O‘zbekiston Yaponiya va Janubiy Koreya bilan daromad soliqlari bo‘yicha ikki yoqlama soliqqa tortishni hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortishning oldini olishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi konvensiyani tasdqiladi.
Sputnik

TOShKENT, 18 sen - Sputnik. O‘zbekiston Yaponiya va Janubiy Koreya bilan bilan ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etuvchi soliq konvensiyasini tasdiqladi. Bu haqida Norma.uz xabar qilmoqda. 

O‘zbekiston prezidenti 15 sentabr kuni soliqqa doir PQ-4826 va PQ-4827-sonli qarorlarni imzoladi. Ularda ap quyidagi hujjatlar kuchga kirishi tasdiqlangan:

  • O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida 2019-yil 19-dekabrda Tokio shahrida imzolangan Daromad soliqlari bo‘yicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi konvensiya;
  • O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati o‘rtasida 1998-yil 11-fevralda imzolangan Ikki yoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida 2019-yil 19-aprelda Toshkent shahrida imzolangan bayonnoma.

Hujjatlar 16-sentabrdan kuchga kirdi. Tashqi ishlar vazirligiga mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari O‘zbekiston tomonidan bajarilganligi to‘g‘risida bizning xorijiy hamkorlarimizga tegishli xabarnoma yo‘llash topshirildi, deyilgan xabarda.