Yana bir guruh moskvalik shifokorlar O‘zbekistonga jo‘nab ketishdi

Moskvalik 35 nafar turli mutaxassis shifokorlari O‘zbekistonlik hamkasabalariga konsultativ-metodologik va amaliy yordam berish uchun yuborildi.
Sputnik

TOShKENT, 18 sen - Sputnik. Moskvadan 35 nafar shifokorlar COVID-19ga qarshi kurashda O‘zbekistonlik hamkasabalariga yordam berish maqsadida Toshkentga jo‘nab ketishdi, deb xabar qilmoqda Mosgorzdav matbuot xizmati. 

Yordam brigadasi tarkibida infeksinistlar, anesteziologlar, rentgenologlar, laboratoriya diagnostlari, pulmonologlar, epidemiologlar, bolalar shifokorlariva tibbiy hamshiralar bor. Shifokorlar ish boshlash uchun kerakli bo‘lgan individual himoya vostalari bilan ta’minlangan. 

Rossiyalik shifokorlar O‘zbekistonlik hamkasabalariga konsultativ-diagnostik yordam berishi, COVID-statsionarlariga tashrif buyurishi, klinikalarni qayta profillashtirishga yordam berishi, "qizil" hududlarda bemorlarni ko‘zdan kechirishi hamda turli mutaxassisdagi shifokorlar uchun seminarlar tashkil qilishi rejalashtirilgan. 

Turli mutaxassislardan iborat tibbiy brigadani Moskva shahar 67-sonli klinik shifoxona xirurgi Konstantin Pokrovskiy boshchilik qilmoqda. Ushbu guruh a’zolari shifokorlari oldin Kavkaz va Tiva respublikalarida, Qozog‘istonda bo‘lgan edi. Epidemiya boshlanganidan buyon moskvalik shifokorlar Ingushetiya, Dog‘iston, Kamchatka, Xanti-Mansiysk, Yamal-Nenesk avtonom okruglarida bo‘lib, mahalliy shifokorlarga yordamga yuyuborilgan edi.