GAZ O‘zbekistonda yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqaradi

Dastlabki bosqichda yirik uzelli jamlash texnologiyasi asosida yiliga 3000 dona avtomobil ishlab chiqariladi. Keyinchalik hajm oshiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 17 sen - Sputnik. Rossiyaning "GAZ guruhi" 2021yilda O‘zbekistonda yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Aleksey Gruzdev bugun Toshkentda Rossiyaning REB.RF korporatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan biznes-missiyasi doirasida xabar qildi. 

"GAZ Guruhi" O‘zbekistonda yengil tijorat texnikasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaror qildi. Biz ushbu loyiha kelgusi yildan ishga tushadi deb umid qilamiz", - dedi Gruzdev biznes-missiya doirasida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida.

Gruzdev aytishiga, ayni damda korxonada yirik uzelli ishlab chiqarish jarayonini yo‘lga qo‘yish ishlari ketmoqda. Birinchi bosqichda yiliga 3000ta avtomobil ishlab chiqariladi, keyinchalik korxona quvvati oshiriladi.

O‘zbekistonning "KRANTAS" MChJ Rossiya korxonasining hamkori sifatida loyihada ishtirok etadi. 

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Folksvagen hamda Kia Motors kompaniyalarining Rossiyadagi ofislari O‘zbekistonda VW Caddy hamda Kia k5 va boshqa avtomobillarni ishlab chiqarishni yo‘lgan qo‘yishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.