TOShKENT, 17 sen — Sputnik. O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining birja savdolariga ilk bor Turkmanistonda ishlab chiqarilgan import qilingan ECO-93 benzini qo‘yila boshlandi.
“Avtobenzining sotuvchisi sifatida "Nara-Komfort Servis" MChJ ishtirok etmoqda. Tovarni yetkazib berish shartlari – EXW sotuvchi omboridan olib ketish. Yangi birja tovarining boshlang‘ich narxi mahsulotning 100 kilogrammi uchun 600 ming so‘mni tashkil etadi”, - deyilgan milliy birja xabarida.
Bir tonna benzin o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil etadi.
Birja savdolarida ishtirok etish uchun O‘zRTXB” AJ da onlayn akkreditatsiyadan o‘tish va birjaning brokeri bilan shartnoma tuzish lozim.
YeSO-93 avtobenzini Turkmanistonda 2019-yildan buyon ishlab chiqariladi. YeSO-93 avtobenzinidan foydalanilganda zararli chiqindilar miqdori – oltingugurt oksidi 50 barobar, azot oksidi – 5 barobar, uglerod oksidi – 2 barobar, uglevodorod 20 foizgacha kamayadi.