TOShKENT, 17 sen - Sputnik. Pandemiya vaqtida O‘zbekistonga havo transporti orqali yo‘lovchilar kirib kelish tartibi belgilandi. Bu haqida “Uzbekistan Airports” AJ ma’muriyati xabar qilmoaqda.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq quyidagicha tartib belgilangan:
1. "Qizil" va "Sariq" hududlardan O‘zbekistonga kelayotgan yo‘lovchilar COVID-19 aniqlanmagani haqida ma’lumotnoma taqdim etishi kerak. Yo‘lovchi PZR analizi parvozda 72 soatdan uzoq bo‘lmagan muddat ichida topshirilgan bo‘lishi kerak. Faqat virus aniqlanmagan yo‘lovchilar parvozga qo‘yiladi.
2. "Qizil" hududlardan kelgan yo‘lovchilar aeroport pasport nazorati xizmatiga COVID-19 tahlil natijasi va 14 kunlik uy karantiniga joylashish majburiyatnomani taqdim etishlari shart.
* majburiyatnoma - O‘zbekiston fuqarolari uchun doimiy yashash manzili bo‘yicha, chet el fuqarolari uchun – vaqtincha yashash manzili bo‘yicha to‘ldiriladi.
3. "Sariq" hududlardan kelgan yo‘lovchilar pasport nazorati xizmatiga COVID-19 aniqlanmagani haqidagi PZR test natijasi aks etgan hujjatni topshirishlari talab etiladi.
* agar bunday hujjat yo‘lovchida bo‘lmasa, ular aeroportda o‘z hisoblaridan PZR test topshiradilar va 14 kunlik majburiy uy karantiniga joylashish majburiyatnomasini to‘ldirib pasport nazorati xodimlariga topshiradilar.
5. "Yashil" hudud mamlakatlaridan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan yo‘lovchilarga nisbatan karantin tartiblari qo‘llanilmaydi (kasallik alomatlari kuzatilgan yo‘lovchilar bundan mustasno).
6. "Sariq" va "Yashil" hudud mamlakatlaridan "Qizil" hudud mamlakatlari orqali kelgan tranzit yo‘lovchilarga O‘zbekiston hududiga kirishga ruxsat beriladi. Ularda COVID-19 aniqlanmagani haqida PZR test natijasi aks etgan hujjat bo‘lmasa, aeroportda o‘z hisobidan PZR tahlil tekshiruvidan o‘tkaziladi va 14 kunlik o‘zini izolyatsiya qilish majburiyatnomasini to‘ldiradi.
7. "Qizil" xudud mamlakatlaridan "Sariq" va "Yashil" hudud mamlakatlari orqali kelgan tranzit yo‘lovchiga O‘zbekistonga kirishga ruxsat beriladi. COVID-19 aniqlanmagani haqida PZR test natijasi aks etgan hujjat bo‘lmasa, aeroportda o‘z hisobidan PZR tahlil tekshiruvidan o‘tkaziladi va 14 kunlik o‘zini izolyatsiya qilish majburiyatnomasini to‘ldiradi.
8. Yo‘lovchida isitmakuzatilsa yoki COVID-19ning boshqa alomatlari bo‘lsa, u tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, PZR test natijasi musbat bo‘lsa, yo‘lovchi davolanish uchun kasalxonaga joylashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways kompaniyasi 17-sentabrda boshlab Moskvadan kuniga 2 marotaba parvozlarni amalga oshira boshlagan edi. Yo‘olvchilar chiptalarni onlayn yoki rasmiy aviakassalar orqali xarild qilishlari mumkin.
Ma’lumot uchun O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi "yashil" hududlarga Aponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va Isroil davlatlarini kritgan. "Sariq" hududlarga — Yevropa Ittifoqi, Malayziya, Tailand, Singapurni, "qizil" hududlarga esa - qolgan boshqa davlatlar, jumladan, BAA, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Rossiya va MDH davlatlarini kiritgan.