Samarqandda “ISUZU” va “Lasetti” to‘qnashishi oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi

YTH oqibatida “Lasetti” yo‘lovchisi 70 yoshli H.X. olgan tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan. Yana bir yo‘lovchi kasalxonada hayotdan ko‘z yumgan.
Sputnik

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Samarqand viloyati Paxtachi tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Hodisa 16-sentabr kuni tumandagi “Yobu” mahallasi hududidan o‘tgan M-37 “Samarqand-Buxoro” avtomobil yo‘lining 139 km.da ro‘y bergan.

Samarqandda “ISUZU” va “Lasetti” to‘qnashishi oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi

“ISUZU” rusumli yuk mashinasi haydovchisi 26 yoshli I.R. “Lasetti” rusumli avtomashinaning orqa tomonidan kelib urilgan.

Samarqandda “ISUZU” va “Lasetti” to‘qnashishi oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi

Natijada “Lasetti” yo‘lovchisi 70 yoshli H.X. olgan tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan. Avtomashina yo‘lovchilari 68 yoshli H.U. (ayol) va 42 yoshli A.B.lar (ayol) turli darajada olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilganlar. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay H.U. vafot etgan.

Mazkur holat O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.