TOShKENT, 17 sen - Sputnik. Rossiya Eksport markazi direktori Veronika Nikishina O‘zbekiston va Rossiya valyuta birjalarida rubl va so‘mning to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdosi yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
"Biz Toshkent valyuta birjasida rubl-so‘mi juftligi savdosini boshlashni taklif qilamiz. Roseksimbank savdo ishtirokchilari uchun hisob-kitob banki sifatida ishtirok etishga tayyor. Keyinroq xuddi shunday savdolar Moskva valyuta birjasida boshlanadi", - dedi Nikishina.
Nikishina aytishiga qaraganda valyuta operatsiyalari hamda kredit mablag‘larining oddiy va hammabopligi kompaniyalarni milliy valyutalarda savdo qilishga stimul yaratadi.
Bugun allaqachon O‘zbekiston va Rossiya orasida bir necha milliard dollarning loyihalar amalga oshirilmoqda. Rossiya banklaridan Roseksimbank birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston Milliy bankida o‘zbek so‘mida korrespondent hisob raqami ochgan. Ushbu hisob raqamidan allaqachon birinchi bitimlar va rubl-so‘m valyuta konvertatsiyasi amalga oshirildi.
Aytish joizki, Rossiya so‘nggi yillarda iqtisodni dollardan xoli qilish siyosatini faollik bilan olib bormoqda. Xususan eng yirik savdo hamkorlari Xitoy, Hindiston va Turkiya bilan hisob kitobning milliy valyutada amalga oshirilayotgan qismi yil sayin o‘sib bormoqda. Undan tashqari Gazprom va Rosneft kabi Rossiyaning eng yirik eksportchi kompaniyalari gaz va neft savdosini ham dollardan yevroga o‘tkazishgan.