Ronaldu sobiq sevgilisining qip-yalang‘och holda tushgan surati internetda tarqaldi

Rossiyalik supermodel Irina Sheykning navbatdagi fotosessiyada tasvirga olingan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Sputnik

TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Rossiyalik supermodel Irina Sheykning navbatdagi fotosessiyada tasvirga olingan surati internetda tarqaldi.

Supermodel Irina Sheyk Kuper bilan ajrashishi haqida so‘zlab berdi

Surat Merta Alasa (mertalas)ning Instagram sahifasida e’lon qilingan.

34 yoshli model qo‘liga qilich-baliqni olgan holatda suratga tushgan.

Surat ostida muxlislar ko‘plab izohlar qoldirishdi.

"Mening orzuimdagi baliqcha", - deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

"Sirli surat", - deb yozgan boshqa kishi.

Irina Sheyk - Yemanjelinskda (RF, Chelyabinsk viloyati) tug‘ilgan dunyoga mashhur model.

Sheyk futbolchi Krishtianu Ronaldu bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan, aktor Bredli Kuper bilan turmush qurgan, oilada bir qiz farzand dunyoga kelgan.