Hindiston koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasining 100 mln dozasini xarid qiladi

Yetkazib berish 2020-yil oxirida klinik tadqiqotlar natijalari va vaksina Hindistonda ro‘yxatga olingandan so‘ng boshlanishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining 100 million dozasini Hindiston farmatsevtika kompaniyasiga yetkazib berishga kelishib oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi ishtirokchilariga tavsiyalar e’lon qilindi

Gap yetakchi hind farmatsevtika firmalaridan biri Dr. Reddy's Laboratories Ltd (Dr. Reddy's) haqida bormoqda.

“Yetkazib berish 2020-yil oxirida klinik tadqiqotlar natijalari va vaksina Hindistonda ro‘yxatga olingandan so‘ng boshlanishi mumkin”, - deyilgan xabarda.

Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksina dunyoda birinchi bo‘lib 11 avgust kuni ro‘yxatga olindi va u “Sputnik V” deb nomlandi.  8 sentabr kuni u keng muomalaga chiqarildi. 9 sentrabr kuni esa u bilan Moskvada ko‘ngillilarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi.