TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Yaponiya imperatori Naruxito chorshanba kuni Tokiodagi saroyda o‘tkazilgan tantanali tadbirda Bosh vazir Yosixide Sugoy boshchiligidagi mamlakatning yangi hukumati tarkibini tasdiqladi. Bu haqda Kiodo agentligi xabar bermoqda.
Endilikda vazirlar mahkamasi rasman shakllantirilgan hisoblanadi.
Hukumat tarkibi sal oldin vazirlar mahkamasi bosh kotibi Katsunobu Kato tomonidan parlamentda ovoz berish yakuniga yetishi bilan e’lon qilingan edi. Kato Bosh vazir lavozimini Yosixide Suga egallaganini aytgandi.
Suga ushbu lavozimda sog‘lig‘i holati tufayli bosh vazir lavozimini tark etgan Sindzo Abening o‘rnini egalladi.
Tez orada Suga yapon hukumati rahbari sifatida o‘zining birinchi matbuot-anjumanini o‘tkazishi kutilmoqda.