O‘zbekiston tarvuzlari 12 ta davlatga eksport qilindi

Bu yil O‘zbekiston qiymati 9,7 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 40,8 ming tonna tarvuz eksport qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1-sentabr holatiga O‘zbekiston qiymati 9,7 million dollarga teng bo‘lgan 40,8 ming tonna tarvuz eksport qilgan.

Bu yil Germaniya, Litva va Turkmaniston bozorlarida O‘zbekiston uzumlari sotilmoqda

Respublikada pishgan tarvuzlar 12 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan. Mazkur davlatlar orasida Qozog‘iston (26,8), Rossiya Federatsiyasi (11,2) va  Qirg‘iz Respublikasi 2,3 ming tonna ko‘rsatkich bilan yuqori ulushga ega.

 Eksport qilingan mazkur tarvuz mahsulotining eng ko‘p ulushi Qashqadaryo (7,2 ming tonna),  Toshkent (5,3 ming tonna), Jizzax (5,1 ming tonna), Sirdaryo (4,6 ming tonna) va Xorazm (4,6 ming tonna ) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.