Lukashenko Putindan qurol so‘radi

Lukashenko Shoyguni Minsk holatni "nafaqat Belarusda, balki chegaralari perimetri bo‘ylab ham nazoratda ushlab turishga qodirligini" aytib, ishontirgan.
Sputnik

TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Putin bilan uchrashuvi vaqtida undan qurol so‘raganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Belarus.

Badavlat burjuychalar va aytishniklarga hokimiyat kerak bo‘lib qoldi - Lukashenko

"Men Rossiya prezidentidan ayrim turdagi qurol-aslahalarni so‘radim. Unga, tashrif buyurganingizda Ittifoqdosh davlat ma’nosida qayerni va qanday mustahkamlash kerakligini ko‘rib chiqamiz, deb aytdim. Qo‘rqadigan joyimiz yo‘q, biz bunga tayyormiz. Oxirgi sodir bo‘layotgan voqealar belarus va rossiyaliklar manfaatlarini jur’atliroq himoya qilishimiz lozimligini ko‘rsatmoqda. Shunday bo‘ldiki, biz bu borada yolg‘iz qoldik, ammo eng kuchsiz emasmiz", - dedi davlat rahbari RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvda.

Lukashenko Shoyguni Minsk holatni "nafaqat Belarusda, balki chegaralari perimetri bo‘ylab ham nazoratda ushlab turishga qodirligini" aytib, ishontirgan.

"Siz bizning umumiy Vatanimiz - Brestdan to Vladivostokka qadar mudofaasi jihatdan ishonchliligiga shubha qilmasangiz bo‘ladi. So‘nggi sodir bo‘layotgan voqealar, bizni birga bo‘lishga va bizning o‘rtamizga sovuqchilik tushirmoqchi bo‘lgan va tushirishni xohlayotganlarning rejasi amalga oshishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ko‘rsatmoqda", - deb qo‘shimcha qildi Belarus prezidenti.