TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Yevropa bir jinsli nikohlarni butun boshli Yevropa ittifoqi hududida tan olmoqchi, deb xabar qiladi Sputnik Blijnee zarubejye.
Ta’kidlanishicha, Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen hozirgina Yevroparlament deputatlariga shu haqda murojaat yo‘llagan.
Deyarli barcha mamlakatlar YeIda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq holat haqida hisobotni kutgan bir vaqtda, Yevrokomissiyaning oilaviy munosabatlarni Yevropa ittifoqi mamlakatlarida o‘zaro tan oldirishga erishish va’dasi hamma uchun kun xabariga aylangan.
Gap, xususan, bir jinsli nikohlar haqida ham borgan. Bu esa bu singari nikohlar ta’qiqlangan aksar Yevropa mamlakatlaridagi milliy qonunchilikning inkor etilishini anglatadi. Bu an’anaviy tarzda gomofobiyada ayblanib kelinadigan Boltiqbo‘yi davlatlarigagina tegishli emas.
"Ursula fon der Lyayenning ushbu bayonoti Italiya va Polshada juda katta taajjubni keltirib chiqarishi tabiiy, axir ushbu mamlakatlarning katolik aholisi bir jinsli nikohlarning tan olinishiga faol tarzda qarshilik ko‘rsatib kelishadi", - deb yozadi nashr.