Dezinfeksiya tunellari bekor qilindi - SSV

Dezinfeksion tunnellar o‘rniga antisptik dispenserlari, bir martalik niqoblar va tana haroratini masofadan turib o‘lchaydigan qurilmalardan foydalaniladi.
Sputnik

TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyanomasiga muvofiq, O‘zbekistonda dezinfeksion tunellardan foydalanish to‘xtatiladi. Bu haqida Respublika Maxsus komissiyasi bayonotida aytib o‘tilgan. 

Endilikda korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, jamoat joylari, bino va inshootlarga kirish joyida tana haroratini kontaktsiz o‘lchash, tashrif buyuruvchilarni zarur holatlarda ti66iy yoki bir martalik niqoblar bilan ta’minlash, shuningdek, kirish kismida tashkil qilish uchun qulay joyda teri uchyn antiseptik eritmalari bo‘lgan sanitayzer-dispanser qurilmalari o‘rnatish amaliyoti joriy etiladi, - deyilgan bayonotda.

Ushbu amaliyotlarni belgilangan tartibda olib borish javobgarligi tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmassida bo‘ladi.