TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekistonda Ai-92 markali benzin narxi arzonlashtirmoqda.
“15 sentabr kunidan boshlab AYoQShlardagi import qilingan Ai-92 markali benzinning narxi 6000 so‘mdan 5500 so‘mga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning Ai-92 markali benzinining narxi esa 5800 so‘mdan 5500 so‘mga arzonlashtirilmoqda”, - deyilgan“UNG Petro” kompaniyasi xabarida.
“UNG Petro” MChJ direktori Mirzohid Musayevning so‘zlariga ko‘ra, bundan keyin ham korxona tomonidan neft mahsulotlarining iste’molchilarga sotish narxlarini bozor munosabatlariga to‘liq tayanib shakllantirib boriladi. Ularning tannarxi tushganda narxlar albatta arzonlashadi.