Jigarga zarar yetkazadigan “yaxshi” mahsulotlar - gastroenterolog

Professor Aleksey Buyeverov jigarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Gastroenterolog-shifokor, tibbiyot fanlari doktori, Sechenov nomidagi Moskva davlat tibbiyot universiteti professori Aleksey Buyeverov ortiqcha iste’mol qilish oqibatida jigarning surunkali shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar haqida gapirdi.

Ekspert ta’kidlashicha, rossiyaliklarning 37 foizi alkogolsiz yog‘li jigar kasalligidan aziyat chekmoqda, buning sababi - ratsionda ortiqcha yog‘ va shakar tufayli yuzaga keladi. Shunda bu holatda eng xavfli - fruktoza bo‘lib, u yog‘lar sifatida qayta ishlanadi, ular asosan jigarda to‘planadi va uning yallig‘lanishini oshiradi.

Uning ta’kidlashicha, odamlar ko‘pincha bunday shakar miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlarni foydali deb hisoblashadi.

"Bular, masalan, sharbatlar. Ularda fruktoza eng zararli shaklda - eritilgan, tezda so‘riladi va shu sababli darhol yog‘larga aylanish uchun qayta ishlashga o‘tadi", - dedi Buyeverov.

Shuningdek, u ortiqcha iste’mol qilish bilan ba’zi mevalar, xususan, tropik mevalar jigarga zarar yetkazishi mumkinligini ta’kidladi. Bundan tashqari, shifokor fruktoza bo‘yicha "mutloq chempion" bo‘lgan - asalni ratsionga qo‘shishda alohida e’tibor berishni maslahat berdi.