Rossiya va O‘zbekiston soliq, bojxona va kadastr tizimlarini muhokama qilishdi

O‘zbekiston va Rossiya vakillari soliq hamda bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, kadastr tizimini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Bugun, 15 sentabr kuni Iqtisodiy taraqqiyot vazirligida Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov hamda Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda soliq hamda bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish borasida hamkorlik masalasini muhokama qilishdi. Xususan, ikki davlat vakillari oldingi kelishuvlar bo‘yicha harakatlar rejasining bajarilishini ko‘rib chiqdilar.

Soliq qo‘mitasining 166 nafar xodimi Moskvada malaka oshiradi

Shuningdek, kadastr faoliyatini takomillashtirish borasida ham hamkorlik maslalari muhokama qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya Moliya vazirliklari orasida soliq ma’muriyati tizimini rivojlantirish, elektron hisob varaqalari va QQS ma’muriyati, ko‘chmas mulkka soliq solish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va Big Data analitika tizimini ishlab chiqish, kadrlar tayyorlan borasida  Rossiya tomonidan O‘zbekistonga beg‘araz texnik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma imzolangan.

Shuningdek, Rossiya texnik ko‘magi bilan "Davlat kadastrini baholash tizimini yaratish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini aniqlash, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida soliq maqsadlari uchun" loyihasi doirasida ham bir qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.