TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik Instagram-blogeri Shahzoda Salimjanova Turkiyada o‘tkazilayotgan Miss Aura International 2020 xalqaro go‘zallik tanlovida ishtirok etmoqda.
Tanlov 13-sentabrda Antaliyada boshlandi va 27-sentabrgacha davom etadi.
O‘zbekistonlik Instagram-blogeri Turkiyada go‘zallik tanlovida ishtirok etmoqda
Unda turli davlatlardan kelgan 28 nafar ayol ishtirok etmoqda. Tanlovda ishtirok etayotgan ishtirokchilarning suratlarini ushbu havola orqali ko‘rish mumkin.
O‘zbekistonlik Instagram-blogeri Turkiyada go‘zallik tanlovida ishtirok etmoqda
Miss Aura International har yili taniqli yulduz va DJ’lar ishtirokidagi musiqiy festival bilan birga o‘tkaziladi. Bu yil Timati, Svetlana Loboda, Monatik, Tina Karol, Vera Brejneva va "ViaGra" guruhi sahnaga chiqishi kutilmoqda.