O‘zbekistonda koronavirus: 15-sentabr asosiy xabarlari

Sutka davomida 434 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 48 429 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Yangi o‘quv yili, pandemiya: maktablar faoliyat yuritishga tayyormi?

Bir sutka davomida 434 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 48 429 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 197 nafari Toshkent shahrida, 24 nafari Toshkent viloyatida hamda 16 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 416 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 44 942 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foizga yetdi.

Ayni paytda 3 085 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Toshkent shahrida yashagan 63 yoshli N.Q. (erkak), 42 yoshli O.B. (ayol), 70 yoshli M.E. (ayol) va 66 yoshli T.X. (ayol), vafot etdi.

O‘zbekistonda 15-oktabrdan karantin choralari yana qattiq kuchaytiriladimi

O‘zbekistonda jami 402 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar

Maxsus poyezd reyslari orqali Rossiyaning Samara va Yekaterinburg shaharlaridan 1681 nafar O‘zbekiston fuqarolari olib kelindi.

12 sentabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 834 nafar fuqaro bilan “Kinel” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi. Mazkur poyezd bugun erta tongda Samarqand shahriga yetib bordi. Shuningdek, 847 nafar fuqarolar bilan 12-sentabr kuni  Yekaterinburgdan O‘zbekistonga jo‘nagan poyezd ham bugun erta tongda Toshkent shimoliy vokzaliga yetib keldi.

Bundan tashqari, Uzbekistan Airways kompaniyasi Toshkentdan Minskka amalga oshiriladigan reyslar sonini ko‘paytiradi. 24-sentabrdan boshlab Minskka reyslar soni bir haftada ikki marta amalga oshiriladi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 29,3 milliondan oshdi, 930 ming kishi vafot etdi, 20 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (6,6 mln), Hindistonda (4,8 mln), Braziliyada (4,3 mln).