TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy komadan o‘ziga kelganidan so‘ng olingan birinchi surati paydo bo‘ldi.
"Kecha kun bo‘yi o‘zim nafas oldim" deb, yozib qoldirgan Navalniy o‘z yaqinlari bilan tushgan surat ostiga.
Eslatib o‘tamiz, 20-avgust kuni Aleksey Navalniy Omsk shahrida og‘ir zaharlanishda gumon qilinib kasalxonaga yotqizilgan edi. O‘shanda shifokorlar uning organizmida moddalar almashinuvi buzilishi va shakar miqdori keskin oshishini qayd etishgan edi.
Shundan so‘ng Navalniy Germaniyadagi Sharite xususiy klinikasiga maxsus samolyot bilan olib ketildi. Shundan so‘ng Germaniya rasmiy manbaalari Navalniy "Novichok" jangovar zaharlovchi moddasining yangi turi bilan "zaharlangan" deb bayonot berishdi. Shundan so‘ng OZXOning Shvetsiya va Fransiyadagi laboratoriyalari Germaniya tashhisini tasdiqlashdi.
Moskva bunga javoban tashhislar natijalarini, zaharli modda borligini tasdiqlashni so‘rab qilgan murojaatlari Germaniya tomonidan haligacha javobsiz qolmoqda.