Koronavirusni to‘liq yo‘q qiluvchi modda topildi

Gap to‘laqonli antitanachadan 10 baravar kichik, COVID-19 ga qarshi Ab8 dorisini yaratish uchun qo‘llanilgan oqsil birikmasi haqida bormoqda.
Sputnik

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. AQShning Pittsburg universiteti olimlari hatto eng kam dozasi ham SARS-CoV-2 virusini yo‘q qiluvchi oqsilni aniqlashdi. Tegishli tadqiqot “Cell” jurnalida chop qilindi.

Olimlar bong urmoqda: koronavirus yurak hujayralarini "kesmoqda"

Gap to‘laqonli antitanachadan 10 baravar kichik, COVID-19 ga qarshi Ab8 dorisini yaratish uchun qo‘llanilgan oqsil birikmasi haqida bormoqda. Tadqiqotlar davomida Ab8 sichqon va og‘maxonlarda (xomak) koronavirusning oldini olishda va davolashda juda samarali ekani aniqlangan. 

Shu bilan birga kichik oqsil to‘qimalarga yaxshi singish qobiliyatiga ega va bu virusni yo‘q qilishga yordam beradi.

Qolaversa, uning molekulalari innson hujayralari bilan birikmaydi. Bu ikkilamchi salbiy ta’sirlarni minimallashtirish imkonini beradi

Oqsil birikmasi koronavirusning S-oqsili bilan aloqaga kirisha oluvchi 100 mlrdta molekulani tezkor tahlil qilish usuli bilan topilgan. Koronavirus aynan S-oqsili yordamida organizmga kiradi. Oqsil birikmasi immunoglobulin bilan qo‘shilganda Ab8 hosil bo‘ladi.