Rossiyada migrantlarga ID-karta berish taklif qilindi

Rossiya IIV migrantlarga shaxsini identifikatsiya qilish uchun ID-karta berish taklifini kiritdi. Uning amal qilish muddati 10-yilni tashkil etishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi chet elliklarga shaxsiy ma’lumotlari bo‘lgan ID-karta berishni taklif qilmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Federal qonunga o‘zgartirish kiritish konsepsiya loyihasi Rossiyada uzoq muddat bo‘ladigan va doimiy yashashga ruxsat olgan chet el fuqarolariga ID-kartalarni berish mumkinligini nazarda tutadi.

Rossiyada xorijiy fuqarolar hujjatlari muddati yana bir bor uzaytirilishi mumkin

Loyihaga ko‘ra, karta chet ellikning arizasiga binoan beriladi. Uni olish uchun barmoq izlarini topshirish, suratga tushish va tibbiy ko‘rikdan o‘tish talab etiladi. Kartaning amal qilish muddatini 10-yil etib belgilash rejalashtirilmoqda.

Agar migrant Rossiyada 90 sutkadan kam muddatda yashashni rejalashtirayotgan bo‘lsa, karta olish shart emas.

“Turli toifadagi chet el fuqarolari uchun mavqeyiga qarab ID-kartani amal qilish muddatini to‘xtatib qo‘yish va yana qayta tiklashning turli asoslarini belgilash taklif qilinmoqda”, - deyilgan hujjatda.

Karta mamlakat texnologiyalari asosida tayyorlanishi, qalbakilaridan kriptografik muhofazaga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, u Internetda yuridik operatsiyalarni o‘tkazishga imkon berishi darkor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada “nomaqbul” xorijliklarni chiqarib yuborishning yangi usuli qo‘llanilishi xabar qilingan edi.