Oqqush ayolga niqobni to‘g‘ri taqishni “o‘rgatdi” – video internetda tezda tarqaldi

Parklardan birida qiziqarli holat yuz berdi. Ayol niqobni iyagiga tushirgan holda oqqush oldiga yaqinlashadi, u esa tumshug‘i bilan niqobni uning yuziga taqib qo‘ydi.
Sputnik

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Oqqush ayolni niqob rejimiga rioya qilishga noodatiy tarzda “majbur qilishi” aks etgan video internetda tarqaldi.

Parklardan birida qiziqarli holat yuz berdi. Ayol niqobni iyagiga tushirgan holda oqqush oldiga yaqinlashadi, u esa tumshug‘i bilan himoya vositasini uning yuziga taqib qo‘ydi.

RT telekanali ma’lum qilishicha, videoni VENOM nikli foydalanuvchi Twitter’da joylashtirgan.

Foydalananuvchilar qush ayolga qanday qilib niqobni to‘g‘ri taqishni “o‘rgatdi”, deya izoh yozishdi.

Ayni vaqtda videorolik 25,7 mln marta tomosha qilindi.