TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Rostov viloyati Kamensk-Shaxtinsk shahridagi lagerda joylashtirilgan 900 nafardan ziyod O‘zbekiston fuqarolari kuni kecha vataniga jo‘nab ketdi.
Respublika fuqarolari uchun maxsus poyezd tashkil etilgan.
Ming nafarga yaqin o‘zbekistonliklar Rostovdan vatanga jo‘nadi
© Sputnik / Sergey Pivovarov
/ “Bugun O‘zbekistonga 930 kishi jo‘nab ketdi”, - deya ma’lum qilgan RIA Novosti suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, poyezd jo‘nab ketgandan so‘ng lager to‘liq dezinfeksiya qilingan.
Ming nafarga yaqin o‘zbekistonliklar Rostovdan vatanga jo‘nadi
© Sputnik / Sergey Pivovarov
/ Avvalroq Rostovda qolib ketgan o‘zbekistonliklar uchun yangi vaqtinchalik lager qurib berilgani xabar qilingan edi.