TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Afg‘oniston sharqidagi Kapisa provinsiyasida jangarilar hujumi oqibatida besh nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi, yana yetti kishi jarohat oldi. Bu haqda Tolo News telekanali mintaqa politsiya boshlig‘i vakiliga tayangan holda xabar qilmoqda.
Xabar qilinishicha, halok bo‘lganlardan biri jinoyat qidiruv tergovchisi. Hujum qilganlar “Tolibon”* radikal harakat jangarilari ekani aytilmoqda.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti