Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar tiklanadi

Qirg‘iziston Respublikasiga chiqqan hamda faqatgina ushbu mamlakat hududida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari respublikaga qaytib kirgandan so‘ng karantin nazoratiga olinmaydi
Sputnik

TOShKENT, 12 sen - Sputnik. Hozirda O‘zbekiston bilan muntazam aviareyslarni tiklash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston respublika shtabi xabar bergan.

Uzbekistan Airways samolyot bortida amal qiladigan qoidalarni e’lon qildi

Reyslar 14-sentabrdan boshlab Toshkent - Bishkek - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Aviakompaniyalar ushbu yo‘nalishda aviachiptalar sotuvini boshladi. Toshkentga parvozlar haftada bir marta amalga oshiriladi.

Qirg‘iziston 17-sentabrdan boshlab Qozog‘iston bilan ham parvozlarni tiklashni rejalashtirgan. Olmaota - Bishkek - Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi, keyinchalik ularning soni ko‘payadi.

2020 yil 1-sentabridan boshlab O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi avtoyo‘l o‘tkazish punktlariga nisbatan kirib-chiqish bo‘yicha cheklovlar sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda bekor qilindi.

Unga ko‘ra, quyidagi tartib joriy etildi:

Oxirgi 14 kun Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lib turgan yoki so‘nggi 72 soat davomidagi koronavirus infeksiyasiga PZR test tekshiruvining manfiy natijalari to‘g‘risida ma’lumotnomasi mavjud bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelganda karantin nazoratiga olinmaydi;

Qirg‘iziston Respublikasiga chiqqan hamda faqatgina ushbu mamlakat hududida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari respublikaga qaytib kirgandan so‘ng karantin nazoratiga olinmaydi;

mazkur bandning 3 va 4 xatboshisida belgilangan holatlardan tashqari barcha vaziyatlarda O‘zbekiston Respublikasiga kirib keluvchi shaxslar o‘rnatilgan tartibda karantin nazoratiga olinadi.