MDH davlatlari o‘z chegaralari mustahkamligini qanday tekshirmoqda - video

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari havo hujumiga qarshi qo‘shma mudofaa tizimining jangovar tayyorgarligini sinovdan o‘tkaza boshladilar
Sputnik

MDH davlatlari Havo hujumiga qarshi birlashgan mudofaa tizimining jangovar tayyorgarligini tekshirishmoqda. Taktik harakatlarda biryo‘la 7ta davlat: Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirok etmoqda.

Manyovrlar barcha davlatlar havo bo‘shlig‘ida parallel ravishda yuz bermoqda, harbiylar harakatlari esa Rossiya Harbiy-kosmik kuchlari boshqaruv markazidan turib muvofiqlashtirilmoqda.

Turli vaziyatlar: Hamdo‘stlik mamlakatlari chegaralari buzilishidan tortib, hatto harbiy havo kemalari olib qochilishi singari vaziyatlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

NATO Belarusga bostirib kirsa, Rossiya qanday harakat qiladi – harbiy ekspert

Harbiy mashg‘ulotlarda 60dan ortiq havo kemalar, shu jumladan, Su-27, MiG-29, MiG-31 va Yak-130 qiruvchilari, Su-25 shturmchilari, Su-24 va Su-34 front bombardimonlari va Tu-22 hamda Tu-160 og‘ir bombardimonchilari jalb qilingan.

O‘talgan algoritmlar Rossiya chegaralarida NATO samolyotlari faollashib qolganini hisobga olgan holda, tashqi tahdidlarni yengishga yordam beradi.