Farg‘ona vodiysi aholisiga gaz va elektr ta’minoti hajmi oshiriladi - Energetika vazirligi

Xabarda 2020—2021 yillar kuz-qish mavsumida elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmi haqidagi ma’lumot ham keltirib o‘tilgan.
Sputnik

TOShKENT, 12 sen - Sputnik. Energetika vazirligi Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida gaz hamda elektr ta’minoti hajmi oshirilishini ma’lum qildi.

Energetika vazirligi: Tojikistonga gaz yetkazib berish davom etmoqda

Energetika vazirligi matbuot xizmati maxsus shtab iste’molchilarni 2020—2021 yillarda kuz-qish mavsumida elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko‘mir mahsulotlari bilan ta’minlash ishlarini tahlil qilish maqsadida Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida bo‘lganini xabar qildi.

Xabarda 2020—2021 yillar kuz-qish mavsumida elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmi haqidagi ma’lumot ham keltirib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, Andijon viloyati iste’molchilari uchun tabiiy gaz 5,4 foizga, suyultirilgan gaz 70,8 foizga va elektr energiyasi 10,5 foizga;

O‘zbekiston va Afg‘oniston elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha bitim imzoladi

Farg‘ona viloyati iste’molchilariga tabiiy gaz 16,4 foizga, suyultirilgan gaz 48,6 foizga, elektr energiyasi 11,2 foizga;
Namangan viloyati iste’molchilariga tabiiy gaz 23,6 foizga, suyultirilgan gaz 52 foizga va elektr energiyasi 10,8 foizga oshiriladi.

Energetika vazirligining xabarida vodiy viloyatlarida elektr energiyasi, suyultirilgan gaz va tabiiy gaz bilan aholining umumiy ta’minlanganlik darajasi haqidagi tumanlar kesimidagi axborot berilmagan. Foiz ko‘rsatkichida ushbu o‘zgarishlardan keyin aholining energetika resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi qanday bo‘lishi haqida ma’lumot yo‘q.