TOShKENT, 12 sen - Sputnik. Eronda mamlakatning grek-rim kurashi bo‘yicha chempioni - Navid Afkari qatl qilindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Associated Pressga tayangan holda.
Afkari 2018-yilda hukumatga qarshi ko‘cha namoyishlarida ishtiroki uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan. Sportchini shuningdek, mamlakatning amaldagi rejimini to‘ntarish uchun maxsus guruhni yaratishda ayblashgan.
Ilgariroq, sportchi uchun UFC rahbari Deyn Uayt va hatto AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtaga tushgan, ammo Eron hukumati ularning so‘zlarini inobatga olmadi va hukmni amalga oshirdi.