Dohada Afg‘oniston hukumati va toliblar o‘rtasida muzokaralar boshlandi

O‘zbekiston Afg‘oniston Hukumati va "Tolibon" Harakati o‘rtasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishlaydi, deya bayonot berdi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi.
Sputnik

TOShKENT, 12 sen - Sputnik. "Tolibon" harakati delegatsiyasi Qatarda o‘tkaziladigan afg‘onlararo muzokaralarga yetib keldi. Ayni vaqtda muzokaralarning ochilish marosimi o‘tkazilmoqda.

Afg‘oniston: tolibonlashuvdan so‘ng amerika okkupatsiyasi jannatday ko‘rinadi

O‘zbekiston Qatar poytaxti Doha shahrida Afg‘oniston Hukumati va "Tolibon" Harakati o‘rtasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishlashi haqida rasmiy bayonot e’lon qildi.

TIV afg‘onlararo muloqot o‘t ochishni barqaror to‘xtatishga olib kelishi va natijada mamlakatda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikni o‘rnatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratilishiga umid bildirgan.

"O‘zbekiston "siyosiy jarayonlar faqat afg‘onlar tomonidan va Afg‘oniston xalqi rahbarligida olib borilishi lozim", degan asosiy tamoyilga sodiq qoladi", - deyiladi bayonot matnida.

Amerikancha “Tolibongeyt” - bu fitnaning maqsadi nima?

Shuningdek, O‘zbekiston tomonlarning milliy yarashuvga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlari va intilishlarini bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlaydi hamda do‘st Afg‘oniston xalqiga barqaror va farovon davlat barpo etishda har tomonlama yordam ko‘rsatishda davom etishini qo‘shimcha qilgan.

Fevral oyi oxirida Qatarda bo‘lib o‘tgan marosimda AQSh va "Tolibon" radikal xarakati 18-yildan ortiq davom etgan urushdan so‘ng birinchi marta tinchlik bitimini imzolagan edi. Kuni kecha AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod AQSh bir-ikki oydan so‘ng Afg‘onistondagi harbiy kontingenti sonini 4,5 ming nafargacha qisqartirishi haqida ma’lum qildi.